
Flik Levandovskidan norozi, o‘rniga uchta futbolchi topib qo‘ydi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining hujum salohiyatini yanada oshirmoqchi va buning uchun yangi ijrochilar kerakligini ta’kidlamoqda.
Germaniyalik mutaxassis Robert Levandovskining o‘rniga universal hujumchi olib kelmoqchi. Garchi 36 yoshli polshalik forvard samaradorlik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etayotgan bo‘lsa-da, jamoaning umumiy hujumlarida etarli darajada qatnasha olmayapti.
Flik 9-raqam pozitsiyadagi o‘yinchi faqat gol urish bilan cheklanmasdan hujum rang-barangligi va keskinligini ta’minlashi lozim, degan g‘oyani ilgari surmoqda. Yoshi o‘tib qolayotgan Levandovskining murabbiy talab qilayotgan darajada faol o‘ynashga jismoniy imkoniyati yo‘l qo‘ymaydi.
Shu bois, kataloniyaliklar bu pozitsiyaga uch nafar yosh va kuchli to‘purarlarni talab qo‘ydi. Ular yozgi transferlar davrida “Leptsig”dan Benyamin Sheshko, “Nyukasl”dan Aleksander Isaak va “Sporting”dan Viktor Dyokereshni olmoqchi. Bu futbolchilarning bari gol urishda Robert Levandovskidan qolishmaydi.
Fikrlar