Flik haydaldi. “El-klasiko”da uni ko‘rmaymiz...

  • 18 oktabr, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi turida o‘z maydonida “Jirona”ni qabul qilib, qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi. Mezbonlar g‘alaba to‘pini o‘yin yakunlanishi arafasida kiritdi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, Ronald Arauxo g‘alaba to‘pini kiritishidan oldin “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ikkinchi sariq kartochkani olgani uchun maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Hakam tomonidan haydalgan germaniyalik mutaxassis endi keyin turda “Real” bilan bo‘ladigan “el-klasiko”da o‘ziga ajratilgan joyga kirolmaydi va jamoani masofadan boshqarishiga to‘g‘ri keladi.

Chempionlikka asosiy da’vogarlar – “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi markaziy uchrashuv 26 oktyabr kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘ladi. Ungacha har ikki jamoa Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruhida uy uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangan.

Xususan, 21 oktyabr kuni “Barselona” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Gretsiyaning “Olimpiakos” futbolchilarini qabul qiladi. Bir kundan keyin “Real” Madridda Italiyaning “Yuventus” jamoasi vakillari bilan kuch sinashadi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!