"Fiorentina" "Barselona" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 24 iyul, 2019, 20:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Fiorentina" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantarga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “binafsharanglilar” 26 yoshli braziliyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.

Aytish kerakki, Rafinyaga shuningdek “Valensiya”dan ham qiziqishlar mavjud. “Ko‘k-anor ranglilar” esa uning transferini 15 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Rafinya “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Braziliya terma jamoasija esa 2ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!