
Finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar (Ro‘yxat)
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
Terma jamoamizdan yarim finalga chiqqan bokschilar o‘z janglarini yakunlashdi. Hamyurtlarimizdan A’loxon Abdullaev (-75 kg) va Lazizbek Mullojonov (-92 kg) yarim finalda imkoniyatni boy berdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Quyida finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar bilan tanishing:
-54 kg: Oybek Jo‘raev
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Fikrlar