
Filippo Indzagi B Seriya klubini boshqaradigan bo‘ldi
Yaqin o‘tmishning mashhur hujumchilaridan biri hisoblangan Filippo Indzagi “Benevento” klubi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 45 yoshli italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum A Seriya vakili – “Bolonya” klubini boshqargan edi. Biroq, u ushbu jamoadan yanvarda iste’foga chiqarildi.
Ma’lumot uchun, “Benevento” o‘tgan mavsum B Seriyada 4-o‘rinni egalladi.
Fikrlar