
FIFA JCh-2026 yo‘llanmasiga yaqin turgan jamoalar orasidagi O‘zbekistonning imkoniyatini baholadi
Kabo-Verdedan Surinam va O‘zbekistongacha, qaysi mamlakatlar ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritish arafasida turganini bilib oling.
Braziliya barcha 22 ta chempionatda ishtirok etgan. Germaniya 20 ta, Argentina esa 19 tasida qatnashgan.
Shunday bo‘lsa-da, FIFAga a’zo 211 ta assotsiatsiyaning 62 foizdan ortig‘i hali bir marta ham bu go‘zal o‘yinning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etmagan.
Bu ko‘rsatkich rekord darajadagi 48 ta jamoa ishtirok etadigan va ko‘plab yangi debyutantlarga imkoniyat taqdim etadigan FIFA "Jahon chempionati-2026"da pasayishi shubhasiz.
2022 yilgi 32 jamoali finalda faqat mezbon Qatar ilk bor ishtirok etgan bo‘lsa-da, 2026 yilgi chempionatga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan dastlabki etti davlatning barchasi avvalgi jahon chempionatlari tajribasiga ega.
Quyida mundial yo‘llanmasiga yaqin turgan milliy terma jamoalar bilan tanishishingiz mumkin:
Iordaniya, O‘zbekiston, Kabo-Verde, Kyurasao, Gvatemala, Nikaragua, Surinam, Venesuela va Yangi Kaledoniya.
FIFA saralashning uchinchi bosqichining navbatdagi turi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining imkoniyatlarini baholadi.
FIFA reytingi: 57
Aholisi: 36 million
Barcha potentsial debyutantlar orasida "Oq bo‘rilar" Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini eng mustahkam ushlab turganday ko‘rinadi. Mart oyida Tehronda o‘yin tugashiga etti daqiqa qolganida Mehdi Taremi 2:2 hisobdagi durangga sabab bo‘luvchi golni urdi. Bu Eron terma jamoasining keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi va O‘zbekistonning umidlarini vaqtincha bo‘lsa-da, barbod qildi.
Shunday bo‘lsa-da, Timur Kapadze jamoasi kuchli pozitsiyada qolmoqda. Ular "A" guruhida 8 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba va 2 ta durang hisobiga Birlashgan Arab Amirliklaridan 4 ochko oldinda turibdi. Endi ularga tarixiy yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Abu-Dabiga bo‘ladigan safar bahsida atigi bir ochko olish kifoya.
Fikrlar