
FIFA jahon chempionatini keyinroqqa qoldirmoqchi
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2022 yilning boshiga qoldirishi mumkin.
Associated Press xabariga ko‘ra, FIFA turnirni kelasi yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Qolaversa, turnir Qatarda o‘tkazilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya va Janubiy Afrika Respublikasi musobaqani qabul qilishdan bosh tortgandi. Rad etish koronavirus cheklovlari bilan bog‘liq.
Fikrlar