
Feruza Kazakova kambek amalga oshirib, Osiyo chempioniga aylandi
Tailandda tashkil etilayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari davov etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ikkinchi finalchimiz 52 kg vazn toifasidagi Feruza Kazakova ukrainalik Svitlana Umanskaga qarshi bahs yuritdi.
1-raundda Kazakova faol harakat qilgan bo‘lsa-da, raqib dastlabki raundni o‘z foydasiga hal qildi. Biroq ikkinchi raundda ustunlik vakilamiz tarafida bo‘ldi va bu raundni to‘liq o‘ziniki qildi. 3-raundga kelib, ukrainalikni bir bor nokdaun holtatiga tushirgan yurtdoshimiz yakunda g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Aziza Yoqubova va tailandlik Natnicha Chongprongklang jangi kutib turibdi.
Fikrlar