Ferran Torres: Men buqaman

  • 30 iyul, 2023, 06:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi kutilayotgandi. Ammo hujumchi so‘nggi ikki o‘rtoqlik uchrashuvidagi o‘yinlari tufayli rahbariyatning fikrini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Bir hafta oldin forvard shunday degan edi: "Men buqaman. Hech kim meni mag‘lub eta olmaydi." 

Qayd etish lozim, 23 yoshli ispan "Real"ga qarshi uchrashuvda jamoasining ikkinchi goliga (3:0), "Arsenal"ga qarshi bellashuvda esa (3:5) "Barsa"ning uchinchi goliga mualliflik qilgandi. U hozircha o‘rtoqlik bahslarida klubning asosiy hujumchisi Robert Levandovskidan  (1 ta gol) ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!