
Fernandesh bu borada APLda etakchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh so‘nggi paytlarda tanqidlarga uchramoqda. Portugaliyalik futbolchi o‘zining xatti-harakati uchun tanqid qilindi, Angliyadagi ba’zi ekspertlar hatto Erik ten Xagni Fernandeshdan sardorlik bog‘ichini olishga chaqirishdi.
Tanqidlar fonida Brunoning o‘yin fazilatlarini qayd etmaslikning iloji yo‘q. "Squawka" nashri mutaxassislarining xabar berishicha, joriy premer-ligada Bruno o‘yinda yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha eng yaxshi futbolchi. Portugaliyalik sheriklari uchun 60 ta imkoniyat yaratgan.
Eslatib o‘tamiz, Ten Xag shogirdlari navbatdagi o‘yinini 9-mart kuni "Real Betis"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar