
"Fenerbaxche" futbolchilari "Galatasaroy"ga qarshi o‘yinning 3-daqiqasida maydonni tark etdi
Turkiya Superkubogi doirasida bo‘lib o‘tayotgan "Galatasaroy" - "Fenerbaxche" uchrashuvining 3-daqiqasida Ismail Kartal shogirdlari maydonni tark etdi.
1-daqiqada gol o‘tkazib yuborgan "Fenerbaxche" futbolchilari 3-daqiqada butun jamoa bo‘lib maydondan chiqib ketdi. Shuningdek, ular mazkur bellashuvga 19 yoshli futbolchilardan iborat jamoani tashlagandi.
Klubning ushbu xatti-harakatlari "Trabzonspor"ga qarshi o‘yindan keyin mezbon jamoa muxlislarining maydonga tushib, "Fenerbaxche" futbolchilariga tashlangani uchun boykot tariqasida amalga oshirilmoqda.
Fikrlar