
Felish transferiga yana bir qadam qoldi. “Atletiko”ning talabi bor
“Atletiko“ futbolchisi Joau Felish “Chelsi”ga ijaraga o‘tishga yaqin turibdi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, transfer yaqin kunlarda hal bo‘ladi.
Madrid klubi esa vingerni ketishidan oldin amaldagi shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishini istamoqda. U 2027 yilgacha bo‘lgan yangi shartnomaga qo‘l qo‘yib, Londonga yo‘l oladi, deya xabar berdi “Relevo” nashri.
Ushbu transfer uchun “aristokratlar” 10 million evro sarflashi kutilmoqda. Bundan tashqari, portugaliyalikning keyingi 6 oylik maoshi londonliklar tomonidan to‘lab beriladi.
Fikrlar