
"Fayzullaevning ketishi TsSKA uchun yo‘qotish emas, bu — yutuq"
Moskvaning TsSKAsi va SSSR terma jamoasi sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov Abbosbek Fayzullaevning jamoani tark etayotgani haqida fikr bildirdi.
"Fayzullaevning ketishi — yo‘qotish emas. Hatto aytardimki, bu — yutuq. TsSKAga undan ko‘ra, qiziqarliroq futbolchilar kerak. Fayzullaev faqatgina, aytganlaridek, shunchaki chaqqon supurgi, xolos" — degan Ponomaryovning so‘zlarini "Match TV" keltirgan.
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" jamoasiga sotilishi kutilyotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Turkiya prezidenti Rejep Erdog‘on qo‘llab-quvvatlaydigan ushbu klub ilgari mamlakat chempioni bo‘lgan, o‘tgan mavsumni esa beshinchi o‘rinda yakunlab, evrokuboklarga yo‘llanma olgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchimiz bugun yoki ertaga Turkiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi shartnoma imzolaydi.
Fikrlar