Fayzullaev sal kichiklik qilyapti...

  • 31 avgust, 2024, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKAning hujum chizig‘idagi samarali o‘yini ko‘p jihatdan Abbosbek Fayzullaevga bog‘liqligi bor gap. Buni “armiyachilar”ning so‘nggi ikki uchrashuvi misolida ham ko‘rish mumkin.

Tecno

Rossiya Premer-ligasining oltinchi turida moskvaliklar o‘z maydonida liga debyutanti “Akron” darvozasiga yo‘l topishga qiynaldi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Abbosbek Fayzullaev hujumchi Tamerlan Musaevni o‘ta qulay pozitsiyaga chiqarib, hisobni ochishi uchun golli vaziyat yaratib berdi. Birinchi goldan keyin “armiyachilar” yana uchta to‘p kiritdi.

Rossiya kubogi o‘yinida ham shunga o‘xshash holat kuzatildi. Grozniy shahrida mahalliy “Axmat” mehmoni bo‘lgan TsSKA futbolchilari mezbonlarning jiddiy qarshiligiga duch keldi. Marko Nikolich 64-daqiqada asosiy hujumkor futbolchilar – Abbosbek Fayzullaev, Ivan Oblyakov va Tamerlan Musaevni maydonga tushirdi. Ustunlik darrov mehmonlar tomoniga o‘tdi.

87-daqiqada Tamerlan Musaev hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin oxirida Abbosbek Fayzullaev bitta aniq pas bilan Danil Krugovoyni bo‘sh qolgan darvoza ro‘parasiga chiqarib qo‘ydi va uchrashuvdagi g‘alabani amalda ta’minlab berdi.

O‘yindan keyin Abbosbek Fayzullaevning harakatlari ham alohida tilgan olindi.

Danil Krugovoy, TsSKA futbolchisi:

Zaxira o‘yinchilari va asosiy tarkib vakillari o‘rtasidagi farq katta deya olmayman. Chunki hammamiz bir xil sharoitda, birgalikda mashg‘ulot o‘tkazamiz va eng yaxshi sifatlarimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Bosh murabbiy harakatlarimizni kuzatib boradi va kerak paytda qo‘rqay rotatsiya qila oladi. Biz zaxiradan maydonga tushib, jamoani kuchaytira oldik. Raqib ham bu paytga kelib, ancha toliqib qolgandi. Abbosbek Fayzullaev bilan ularning himoyasini qanotlardan hujum uyushtirish orqali ochdik. Safardagi o‘yin qiyin kechdi. Grozniyda o‘ynash ancha og‘ir.

Vladimir Ponomaryov, TsSKA sobiq futbolchisi:

TsSKAdan ketgan Fyodor Chalov yana Rossiyaga qaytadi. U TsSKAdan boshqa klubda o‘ynolmaydi. Bir marta Shveytsariyada o‘ynab kelgandi, hech kimning e’tiborini qozona olmadi. U Evropada hech kimga kerak emas. TsSKAda ham yoki penalti tepib va raqib xatosidan gol urardi. Forvard sifatida menga umuman yoqmagan.

TsSKAning hozirgi hujumchilari yaxshi ishlayapti. “Akron”ga to‘rtta gol urishdi va juda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Yangi o‘yinchilardan Seku Koyta hali jamoaga kirishib keta olmadi, Rifat Jemaletdinov yaxshi yigit.

Abbosbek Fayzullaev yaxshi o‘yinchi, lekin hali yosh va jussasi kichik. Shuning uchun u doim serharakat va mehnatkash bo‘lishi talab etiladi. Bulardan farqli ravishda Chalov mehnatkash emas va uning o‘rnini to‘ldirish muammo bo‘lmaydi. Fyodorda boshlang‘ich tezlik ham, masofaga yugurish qobiliyati ham yo‘q. Jarima maydonchasida faqat raqib xatosini kutish forvardning ishi emas. Hujumchi to‘p bilan yugurishni bilish kerak.

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev yangi mavsumni biroz bo‘sh boshladi va to‘rtta uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmadi. Biroq 20 yoshli hujumkor futbolchimiz sport formasini tiklab olishga ko‘p vaqt sarflagani yo‘q. TsSKAning oxirgi ikki bellashuvida Abbosbek o‘z hisobiga ikkita assist yozdirib qo‘ydi.

Yangi to‘purar Shomurodov bilan raqobatga tayyorlanmoqda!

“Lans”da va Husanov atrofida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda!

Shomurodovning “Roma”dagi ikki raqobatchisi yurtiga ketadi!

Parijda porlagan legionerimiz Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqchi!

Shomurodov zo‘r o‘yinchi edi, lekin “Roma”da uni “bo‘g‘ib” qo‘yishdi!

Shomurodov buni 834 kun kutdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
poluna garova
01/09/2024 02:09
❤️Bu yerda siz qizning kiyimlarini yechib, uni yalang'och holda ko'rishingiz mumkin) sinab ko'rishingizni maslahat beraman ➤ https://ja.cat/youz