Fayzullaev muxlislari o‘qisin: Abbosga yordam beraylik!

  • 2 dekabr, 2024, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya kubogining joriy mavsumi hal qiluvchi pallaga kirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA klubi bu yil bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Rossiya kubogida g‘olib chiqish orqali 21 yoshli hujumkor futbolchimiz legioner sifatida birinchi jamoaviy sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.

Ayni paytda “armiyachilar” yarim finalga yo‘llanma olgan.  Bosh sovringa juda oz masofa qoldi. TsSKA finalga chiqish uchun kelasi yilning mart oyida Moskvaning “Dinamo” klubi bilan kuch sinashadi.  

“Armiyachilar” chorak finalda “Rubin” bilan to‘qnash kelgan edi. Ma’lumki, “Rubin” ham o‘zbekiston futbol ishqibozlariga begona emas. Bu jamoada ikki hamyurtimiz – Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev to‘p tepmoqda.

Chorak finalning Qozonda o‘tkazilgan ilk uchrashuvida hisob ochilmagan va kuchlar teng kelgan edi. Moskvadagi bellashuvda TsSKA raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmay, qozonliklar darvozasiga uchta to‘p kiritdi. Gollardan biri Abbosbek Fayzullaev hisobiga yozildi.

Rossiya kubogi musobaqasining telegramm kanalida o‘tgan hafta davomida turnirda kiritilgan eng yaxshi golni aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qilindi.

Unda Abbosbek Fayzullaevning kubok uchrashuvi doirasida “Rubin” darvozasiga urgan supergoli ham kiritilgan.

Legionerimiz so‘rovnomada gol urgan ushbu futbolchilar bilan raqobatlashmoqda:

Konstantin Tyukavin, “Dinamo Moskva”;

Viktor Melyoxin, “Rostov”;

Maksim Samorodov, “Axmat”;

Kristofer Martins, “Spartak”;

Stanislav Poroykov, “Tyumen”;

Butta Magomedov, “Ximki”;

Fyodor Smolov, “Krasnodar”.

So‘rovnomada jalb qilingan gollarni quyidagi link orqali tomosha qilib, ovoz berish mumkin:

https://t.me/russiancup_official/13837

Ovoz berish 3 dekabr, Toshkent vaqti bilan 13:00 gacha davom etadi.

Hurmatli muxlislar yuqoridagi link orqali Rossiya kubogi telegramm kanaliga kirib, Abbosbek Fayzullaevning goliga ovoz bering!

Hamma shokda: Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchi uchrashuvda yuragi to‘xtab, maydonga yiqildi! (foto)

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!