Fayzullaev Angliya klubi nishonida!

  • 16 iyun, 09:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga yo‘llanma olgani, Eldor Shomurodovning Italiyada, Abduqodir Husanovning avval Frantsiyada va keyin Angliyada yaxshi o‘ynayotgani ortidan o‘zbek futbolchilariga Evropa klublaridan e’tibor qaratilishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Tecno

2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmalari uchun o‘tkazilgan mintaqaviy saralash turniri qahramonlaridan Abbosbek Fayzullaevning Evropaning “top-ligalari” ketishi masalasi juda ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan. Aslida bu masala hujumkor futbolchining 2023 yil avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tib, Rossiya Premer-ligasida yorqin o‘yin namoyish qilganidan beri har transfer mavsumida ko‘tariladi.

Hozirga qadar, o‘zbek futbolchisiga “Bavariya”, “Parma”, “Jenoa”, “Monako”, “Villareal”,“Real Sosedad” kabi klublardan qiziqish bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Endi bu gal Abbosbek Fayzullaev Angliya Premer-ligasi vakili “Vulverxempton” nazariga tushgani to‘g‘risida axborotlar tarqalmoqda. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Vulverxempton” jamoasi bosh murabbiyi Vitor Pereyraning yangi mavsum uchun o‘z qo‘li bilan yozib bergan transfer nishonlari ko‘rsatilgan varoq internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.   

Muhim jihati shundaki, bu ro‘yxatda hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida Abbosbek Fayzullaevning nomi ko‘rsatilgan. Pereyra ro‘yxatiga bu amplua uchun asosiy nishon sifatida “Xetafe”ning nigeriyalik legioneri Kristantus Uche ko‘rsatilgan. Keyingi qatorda Abbosbekning nomi turibdi.

Bu vaziyatni sports.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha sharhladi.

- Bu ma’lumot qay darajada to‘g‘ri bilmadim, ammo mantiq bor. Abbos amaldagi Osiyoni eng yaxshi yosh futbolchisi, milliy terma jamoaning saralashdagi to‘purarlaridan, TsSKA bilan sovrin yutdi.

Futbolchi sifatida hali o‘sadigan potentsiali bor. Qo‘shimchasiga, uni Moskva klubi bilan bir yillik kontrakti qolgan. U shartnomani uzaytirmadi. Abduqodir Husanov fonida Fayzullaevni Angliyaga kelishi normal holat. Abbosning keyingi jamoasi Angliyadan bo‘lishiga tilakdoshmiz, - deb yozdi Ulug‘xo‘jaev.

Ta’kidlash joizki, jurnalistlar Fayzullaevning o‘zidan har doim qachon Evropaga ko‘chib o‘tishi haqida so‘raydi.

Futbolchi yaqindagina mana shu savolga yana javob qaytardi.

- Ayni paytda men TsSKA futbolchisiman va amaldagi shartnomam bor. Lekin har doim aniq maqsadim bo‘lgan – Evropada o‘ynash.  Xudo nasib qilsa, vaqti kelib, Evropada o‘ynashni xohlayman. Albatta, top-klublarda, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

21 yoshli Fayzullaev yakunlangan mavsumda TsSKA tarkibida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol va sakkizta assist yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz “armiyachilar” jamoasida Rossiya premer-ligasining bronza medali va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida xalqaro miqyosda shu kungacha 27 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qilgan.

Husanov Shomurodovni “taxt”dan ag‘dardi!

“Roma” Shomurodovni A Seriyaning mashhur klubiga joylamoqchi!

Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!
Mashhur legionerimiz jamoasini o‘zgartiradi!

Fayzullaev: Skautlar argentinalik himoyachini ko‘rgani kelib, Husanovni olib ketishdi

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!