
Farruh Zoitov: "O‘zbekistonlik dzyudochilar tarix yaratishga ishongandim"
Olimpiada avvalida Norvegiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik dzyudochi Farruh Zoitov bilan suhbat qilganimizda, u Parij Olimpiadasi o‘zbek dzyudochilarining imkoniyatini yuqori baholagandi. Shuningdek, u Norvegiya terma jamoasi safida musobaqalarda qatnashishi mumkinligi va bu borada tez orada yangilik bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Biz shu masalalar yuzasidan yana unga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.
- Farruh tayyorgarliklar qanday ketyapti?
- Tayergarlik juda yaxshi hozircha kuniga 1 mahaldan mashg‘ulot olib bormoqdaman. Sentyabrdan 2 mahalga o‘taman.
- Yaqin orada qanday musobaqada qatnashmoqchisiz?
- Tez kunlarda klublar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etaman. Lekin asosiy maqsadim oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Norvegiya chempionatida yana zafar quchishdan iborat.
- Necha kg vaznda ishtirok etmoqchisiz?
- 100 kg vazim toifasida ishtirok etaman.
- Norvegiya terma jamoasi safida navbatdagi Olimpiadada ishtirok etishingiz mumkinmi?
- Norvegiya chempioni bo‘lsam, keyin Skandinaviya chempionati bo‘ladi. Ana shu turnirda ham g‘alaba qozonib, reyting taqdim etuvchi katta Gran-Prilarda etarli ballarni to‘plagan holda, Olimpiadada ham ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishga harakat qilaman.
- Parij Olimpiadasida o‘zingizni vazn toifangizni kuzatdingizmi, kimlar sizda yaxshi taassurot qoldirdi?
- Albatta kuzatdim. 100 kg vazn toifasida Olimpiada avvalida Muzaffar To‘raboev chempion yoki sovrindor bo‘ldi degandim, aytganimdek Muzaffar buni uddaladi. Qiziq holatlardan biri Muzzaffar To‘raboevning akasi bilan bir vazn toifasida ko‘p bora finallarda to‘qnash kelganmiz. Har doim omad men tarafda bo‘lardi. Muzaffar esa hozir juda katta o‘sishga erishdi. Omadini bersin.
- O‘zbekiston terma jamoasida kimlar o‘z imkoniyati darajasida ishtirok eta olmadiyu, kimlar o‘z kuchidan-da ko‘proq natija qayd etdi?
- Olimpiada avvalida O‘zbekiston terma jamoasi tarix yaratishiga ishongandim. O‘zingiz guvohi bo‘ldingiz, yanglishmagan ekanman. To‘g‘risi, Davlat Bobonov o‘z imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsata olmadi. Biroq, unga ishonaman, navbatdagi Olimpiadada shohsupadan o‘rin oladi.
- Norvegiyalik dzyudochilar ham Olimpiadada ishtirok etdimi?
- Afsuski, Nogrvegiyadan xech kim Olimpiadada ishtirok etmadi. Ammo, men buni uddalashga harakat qilaman.
Ma’lumot uchun, Farruh Zoitov Norvegiyaning Stavenger shahrida istiqomat qiladi. O‘zbekiston hamda Norvegiya fuqarosi sanaladi. 2011, 2013, 2019 yil Norvegiya chempioni bo‘lgan. 2018 yil 3-o‘rinni egallagan. Hozirda "Stavenger judo" klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlamoqda va tez orada yana sportchi sifatida musobaqalarda ishtirok etishni boshlamoqchi.
Fikrlar