Faoliyatini yakunlagan Varan o‘ziga zo‘r ish topdi

  • 19 oktabr, 2024, 16:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda tizzasidagi jarohati sabab faoliyatini yakunlagan Rafael Varan o‘ziga yangi ish topdi.

Tecno

31 yoshli sobiq futbolchi Italiyaning “Komo” klubining direktorlar kengashi a’zosiga aylandi. Bu haqida klubning matbuot xizmati xabar berdi. Yangi lavozimda Varan yosh futbolchilar bilan ishlaydi. Ularning rivojlanish jarayonida o‘z hissasini qo‘shadi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida frantsiyalik himoyachi "Komo" futbolchisi sifatida tanishtirilgan edi. Afsuski, Rafael birinchi o‘yindayoq jarohat olib faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!