Fanatlar futbolchilarni do‘pposladi

  • 2 dekabr, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 14-turida “Nitstsa” klubi safar uchrashuvida “Loryan”dan 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Mag‘lubiyat alamidan “Nitstsa” fanatlari jamoa o‘yinchilaridan Jeremi Boga va Teremas Moffiga qo‘l ko‘tarishgacha bordi.

Bu haqda Footmercato xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, “Nitstsa” futbolchilari safar o‘yinlaridan qaytib, klub bazasiga yo‘l olgan. U erda ularni jamoa natijalaridan qattiq g‘azablangan 400 nafar fanat kutib olgan.

Muxlislar jamoa bosh murabbiy Frank Eyz iste’fosini talab qilib janjal ko‘targan. Keyin futbolchilarni tashlangan. Eng ko‘p jabr ko‘rganlar Jeremi Boga va Teremas Moffi bo‘ldi.

“Nitstsa” jamoasi ayni paytda Frantsiya chempionatida 17 oyako bilan 10-o‘rinda bormoqda. Evropa Ligasi umumiy bosqichida esa, frantsuz jamoasi birorta ochko to‘play olmagan holda oxirgi – 36-o‘rinda turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!