FAKT! "Qizilqum" Jizzaxda 2018 yildan beri "So‘g‘diyona"ni yuta olmayapti

  • 4 iyul, 2022, 20:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 13-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda "So‘g‘diyona" Jizzaxda "Qizilqum" bilan kuch sinashadi.

Tecno

"So‘g‘diyona" hamda "Qizilqum" jamoalari shu bugungacha chempionatlarda 38 marotaba kuch sinashgan. Shundan 9 uchrashuvda "So‘g‘diyona" zafar quchgan. "Qizilqum" 16 marta g‘alaba qozongan. Qolgan 13 bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar farqi 37 - 50 "Qizilqum" foydasiga.

"Bo‘rilar"ning eng yirik g‘alabasi 4-1 xisobda qayd etilgan bo‘lsa, "Qizilqum"ning eng yirik g‘alabasi 1-4 xisobda bo‘lgan.

Jizzaxda o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijasi:

"So‘g‘diyona" - "Qizilqum" 2-1, 25.08.2021
"So‘g‘diyona" - "Qizilqum" 1-1, 29.11.2020
"So‘g‘diyona" - "Qizilqum" 1-0, 11.08.2019
"So‘g‘diyona" - "Qizilqum" 2-2, 13.09.2018
"So‘g‘diyona" - "Qizilqum" 1-3, 29.03.2018

Uchrashuvni Aziz Asimov boshqaradi. Shuningdek VAR texnologiyasidan foydalaniladi.

"So‘g‘diyona" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!