
Fakt! Argentina yarim finalga chiqqan uchrashuvlarida umuman yutqazmaydi
Argentina terma jamoasi JCh-2022 1/2 finalida Xorvatiyani mag‘lub etdi (3:0). "Albiseleste" 6 marta turnir finaliga yo‘l oldi. Ushbu ko‘rsatkich JCh tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Rekord Germaniya terma jamoasiga tegishli. Bundestim jahon chempionatining hal qiluvchi va so‘nggi bosqichiga jami 8 marta chiqishni uddalagan bo‘lsa, ularning to‘rttasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Argentinaliklar esa ikki karra jahon chempioni hisoblanishadi. Shuni ham qo‘shimcha qilish mumkinki, janubiy amerikaliklar yarim finalga chiqqan mundiallarida umuman mag‘lubiyatga uchramagan.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 finalida Argentina Frantsiya – Marokash uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar
Худди Бразилия каби, лекин Бразилия 5 та чемпионлик ва 2 та кумуш медалига эга, 1950 йил финал ўтказилмаганлиги боис...