FAKT! Alisher Odilov o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 5 bahsning barchasida gol urdi

  • 9 sentabr, 2023, 19:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alisher Odilov o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 5 bahsning barchasida o‘z nomini tabloga yozdirib, 6 ta gol urishga erishdi!

Tecno

"Olimpik" hujumchisi Superliga doirasida "Andijon" va "Turon"ga bittadan, kubok doirasida "Dinamo"ga ikkita, Osiyo kubogi saralashida esa Afg‘oniston darvozasiga bitta to‘p kiritgandi. Bugun ham futbolchimiz maydonni golsiz tark etmaydigan bo‘ldi!

Ayni vaqtda O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz birinchi bo‘limdan so‘ng Gongkongni 3:0 hisobida mag‘lub etmoqda. Oldinda bizni yana 45 daqiqalik bir taym kutib turibdi. 

 

Shohrux Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!