Fabritsio Romano superklubdan 6 o‘yinchi ketishini tasdiqladi

  • 9 avgust, 12:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yangi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni davom ettiramoqda. Bosh murabbiy Entso Mareska o‘zining loyihasiga kiritilmagan o‘yinchilarning ketishiga qarshilik qilmayapti.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romano klubda boshlangan tozalash ishlarining navbatdagi bosqichida yana olti nafar futbolchi o‘z o‘rnini bo‘shatishini tasdiqladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, hujumchilardan Nikolas Jekson va Rahim Sterling, yarim himoyachilardan Kristofer Nkunku, himoyachilardan Aksel Disasi, Renatu Veyga, Benjamin Chiluell endi “Chelsi” uchun ortiqcha o‘yinchilarga aylandi.

Rahbariyat bu futbolchilarning bari Angliyada transfer oynasi yopiladigan sana – 1 sentyabrga qadar klubni tark etishini kutyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!