Fabio Kannavaro: O‘zbekistondek futbolsevar mamlakatda ishlash men uchun sharaf

  • 6 oktabr, 16:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy jamoamiz bu yil tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa bo‘lib, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu borada Jahon chempionati singari yirik musobaqalar tajribasini olgan murabbiylar nomzodini o‘rganib chiqdi hamda murabbiylar kengashining tahliliy xulosalari asosida Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzish bo‘yicha ish olib bordi. 

Tecno

Bugun Milliy futbol markazida Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzolandi. Uchrashuv davomida birinchi galda uzoq tahlil va o‘rganishlar orqali ushbu murabbiylar shtabi jalb etilganini ta’kidlandi. Kannavaroning yirik turnirlarda orttirgan tajribasi va mahorati orqali Milliy jamoamiz bilan birgalikda muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirildi.

- Avvalo bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik aytaman. O‘zbekistondek futbolsevar mamlakatda ishlash katta sharaf va bu o‘z o‘rnida katta mas’uliyat. Faqatgina milliy terma jamoama emas, barcha — yoshlar, o‘smirlar jamoalari ham Mundialda ishtirok etayotgani O‘zbekistonda futbolga berilayotgan katta e’tibor natijasi ekanligini bilinib turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman, - dedi Fabio Kannavaro.

Ma’lumot o‘rnida, Kannavaro futbolchi sifatida Italiya terma jamoasi safida 2006-yilgi Jahon chempionatida zafar quchgan va o‘sha yili eng yaxshi futbolchi sifatida “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan, shuningdek, FIFA talqini bo‘yicha “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini bilan taqdirlangan.

Bosh murabbiy sifatida Xitoy terma jamoasi, “An-Nassr” (Saudiya Arabistoni), “Tyantszin Quanyan” (Xitoy), “Guanchjou Evergrand” (Xitoy), “Benevento” (Italiya), “Udineze” (Italiya), va “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) klublarida faoliyat yuritgan.


Manba: O‘FA

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!