
Evropaning ikki mamlakatida chempionat o‘yinlari qoldirildi
Koronavirus tufayli Daniya va Irlandiyaning yuqori va quyi liga o‘yinlari qoldirildi.
Daniya liga assotsiatsiyasi rahbari hamda Irlandiya bosh vaziri ushbu qarorga keldi. Har ikki mamlakatda ham yaqin 2 hafta ichida hech qanday uchrashuvlar bo‘lib o‘tmaydi.
Ma’lumot uchun, Daniyada oxirgi 1 sutka ichida koronavirusni yuqtirib olganlarning soni taxminan 100 tachani tashkil etmoqda. Mamlakatda umumiy 615 kishi kasallangan. 11 mart kuni Daniya hukumati virus tarqalishining oldini olish uchun karantin choralarini kuchaytirdi. 14 kun davomida mamlakatdagi barcha maktab va universitetlar yopiladi, 100 dan ortiq kishining ommaviy tadbirlari bekor qilinadi.
Ayni paytda Irlandiyada 43 kishida koronavirus infektsiyasi borligi aniqlandi, bir kishi vafot etdi.
Irlandiyadagi barcha maktablar, kollejlar va muassasalar 29 martgacha yopildi. Yuzdan ortiq odam ishtirok etadigan va ochiq havoda 500 dan ortiq odam ishtirok etadigan har qanday tadbirlar ham bekor qilinadi.
Fikrlar