"Evropaning grand klublariga yo‘l olish uchun kelganman, xursand qiladigan takliflar bor". Erondagi legionerimiz uchun ortga yo‘l yo‘q

  • 12 yanvar, 2023, 10:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron chempionatida to‘p surayotgan legionerimiz Shrezod Temirov kuni kecha jamoasi uchun muhim gol urdi.

Tecno

Gap shundaki, Kubok doirasida kechgan bahsda futbolchimiz hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning oxirida “Istiqlol” (Xuziston) darvozasiga urgan goli tufayli “Peykan” keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Sports.uz jurnalisti Temirov bilan bog‘landi.

- Avvalo g‘alaba bilan va keyingi bosqichga chiqqaninglar bilan tabriklayman. Hal qiluvchi golni urdingiz. Buni o‘ylaganmidingiz?

- Barcha yurtdoshlarimizga salom. G‘alaba bilan tabriklaganingiz uchun rahmat. Bu g‘alaba anchayin qiyin qo‘lga kiritildi. Shunday bo‘lsa-da, bu g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Keyingi bosqichga chiqib oldik, muhimi shu.  Golimga kelsak, men buni kutmagandim. Ushbu golning qiymati katta edi. Mazkur urgan golimni o‘zbekistonlik barcha muxlislarga bag‘ishlayman. Xudo xohlasa, yana gollar urishda davom etaman.

temirov3

- “Peykan” klubini Kubok musobaqasidagi vazifasi qanday? Kubokni qo‘lga kiritish salohiyati qanchalik, deb o‘ylaysiz?

-  Bu futbol. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz qo‘limizdan kelganini qilamiz. Kubok uchun bemalol kurasha olamiz. Jamoamiz bilan asosiy vazifa bu – Kubokni qo‘lga kiritishdan iborat.

- Sherzodbek, “Peykan” jamoasidagi ishlaringiz ko‘ngildagidekmi, barchasidan qoniqyapsizmi yoki...

- Jamoam hamma sharoitlarni a’lo darajada qilib bergan. Men “Peykan” klubiga asosan o‘zimni har tomonlama ko‘rsatib, futbol sohasida o‘sib, Evropaning grand klublariga yo‘l olish uchun kelganman. Bu maqsaddan hech qachon qaytmayman. Nasib qilsa, hali hammasi oldinda. Biz futbolchi bo‘lganimiz uchun har qanday sharoitga tayyor bo‘lishimiz kerak. Sharoitlarni o‘zimiz yaratamiz, yaxshi o‘yin va chiroyli gollar bilan xursand qilamiz. Albatta, barchasi menga ma’qul kelyapti, sharoitlar ham meni qoniqtiryapti.

temirov

- “Peykan” uchun chempionatda o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi qanday va bunga erishish mumkinmi?

-  Bizning oldimizga beshtalikka kirish vazifasi qo‘yilgan. Barchasi o‘z qo‘limizda. Biz beshtalikka kirishimiz uchun oldimizda yana 13 ta tur bor. Xudo xohlasa, bunga bor kuchimizni beramiz.

- “Peykan”da eng yaqin do‘stingiz kim va siz uchun qanday sharoitlarni yaratishgan?

- Mening yaqin do‘stim afrikalik Tito Okello va eronlik darvozabon Muhammad Nosiriy. Menga “Paykan” jamoasi uy, mashina, asosiysi 24 soatlik trenajyor uchun ruxsat berishgan va 3 mahal maxsus ovqat keltirib beradigan restoran bron qilishgan.

temirov2

- "Paxtakor”dagi Temirov bilan Eron chempionatida to‘p surayotgan Temirov o‘rtasida qanchalik farq bor, deb hisoblaysiz?

- Farq tizimda. O‘zbekiston chempionati bilan Eron chempionatini farqi bor. Asosiy farqi, bu chempionat darajasida. O‘zbekistonga qaraganda kamroq gol uryapman. Ammo Eron chempionati statistikasiga qarasangiz, kamroq gol uriladi. Chunki temp juda yuqori, jamoalar kuchli, farqi mana shunda.

- Eron chempionatidan keyingi maqsad va rejangiz qanday? Sir bo‘lmasa, yana qiziqarli takliflar bormi?

- Maqsadlar katta. Xudo xohlasa, Evropaga ketmoqchiman. Ortga yo‘l yo‘q. Juda xursand qiladigan takliflar bor, Xudoga shukr. Amaldagi shartnomam tugayversin-chi, hammasi yaqin oylarda aniq bo‘ladi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!