
Evropani tark etish Morataning rejasida yo‘q
Alvaro Morata Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynashni rejalashtirmayapti.
30 yoshli hujumchi Yaqin Sharqdan kelgan taklifni rad etdi va Madridning “Atletiko”sida qolmoqchi.
Ispaniyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
"Milan" vaziyatni kuzatib bormoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Biroq Morataning yuqori maoshi tufayli ushbu transfer amalga oshmasligi mumkin.
Fikrlar