Evropa superklubidan Rodrigo uchun 85 million evrolik taklif tushdi

  • 24 noyabr, 09:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yanvar transfer oynasi qizg‘in bo‘lishi kutilyapti. Hozirdan Rodrigo hammaning diqqat markazida. “Real”ning braziliyalik legioneri  hal qiluvchi pallani boshdan kechirmoqda va uning kelajagi bir necha hafta ichida tubdan o‘zgarishi mumkin.

Tecno

Hujumchining “Real”dagi holati  havas qilgulik emas. Kilian Mbappening Madridga kelishi Rodrigoni ikkinchi planga o‘tishiga sabab bo‘ldi.

“Tottenxem” qishki transfer oynasiga yo‘nalish berishi mumkin bo‘lgan kelishuv ustida ishlamoqda. Angliya klubi rahbariyati Rodrigo ularning hujum loyihasiga to‘liq mos keladi, deb hisoblaydi.

Qolaversa, “Tottenxem” chap qanot hujum chizig‘ini kuchaytirishga muhtoj va bu pozitsiyaga aynan Rodrigoni mo‘ljallayapti. London klubi bu reajasini 85 million evro evaziga amalga oshirmoqchi. O‘yinchining o‘ziga qat’iy to‘lovlardan tashqari turli rag‘banlantirish bonuslari ham taqdim etiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!