Evropa ligasida joriy haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Xabaringiz bor kecha Evropa ligasida 1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Bugun UEFA rasmiy sayti musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra Rodrigo ("Valensiya"), Kevin Trapp ("Ayntraxt"), Pedro ("Chelsi") va Ismoil Sarrlar ("Renn") ushbu ro‘yxatdan joy olishgan.
Ta’kidlash kerakki, Rodrigo kecha “Krasnodar”ga (2:1) qarshi bahsda dubl qayd etdi, Trapp esa “Inter”ga qarshi o‘yinda 4ta seyv ijro etdi, Pedro esa “Dinamo Kiev”ga qarshi bellashuvda gol urishga erishdi, Sarr esa “Arsenal” darvozasiga gol urib jamoasining ishonchli hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma UEFA rasmiy saytida o‘tkazilmoqda.



Fikrlar