Evropa Ligasi finalida «Manchester Yunayted» g‘alaba qozonadi?! Bunga 5 sabab bor!

  • 13 may, 2021, 09:50
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiyalik mutaxassis mas’uliyatli o‘yin oldidan asosiy tarkibni tanlashda xato qilmasligi kerak. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi ilk final. Ole Gunnar Sulsher «Vilyarreal» bilan to‘qnashuvda o‘zining klubdagi kelajagini belgilab oladi. Agar sovrinni Manchesterga olib kelsa, kamida 2-3 yil postda qoladi. Mag‘lubiyat voqealarni o‘zgartirib yuborishi aniq.

Tecno

Ser Aleks Fergyuson davridan beri, «qizil iblislar» har bir finalda "kozer qarta" bilan ishtirok etgan. Ole-Gunnar Sulsher, Park Ji Sun, Chicharito, Van Persi va boshqa futbolchilarning kerak pallada katta sahnaga ko‘tarilgani haqida o‘nlab misol keltirish mumkin.

Bugun «sariq suvosti kemasi»ga qarshi o‘yinda hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi bilan tanishtirib o‘tamiz.

1. Pol Pogba

jifijeirjgerjigergjeri

Frantsiya terma jamoasi etakchisi ajoyib sport formasiga kirib oldi. Uning kayfiyati a’lo darajada. «Roma» va «Granada» bilan o‘yinlarda bu omil qay darajada muhim ekanligini yaqqol ko‘zga tashlandi. Polning o‘yinida o‘sish kuzatilishiga Brunu Fernandesh ta’sir qildi. Portugaliyalik xavbek Pogbani markazda erkinroq to‘p surishiga ko‘mak bermoqda. Endi qahramonimiz himoyada ham, hujumda ham birdek faol bo‘lishi shart emas. Yarim himoyachi 2018 yildan beri endi finalga chiqdi. Agar amaldagi JCh g‘olibi yaxshi kayfiyatda o‘yinga etib kelsa, u faoliyatida ikkinchi bor Evropa ligasi oltin medaliga ega chiqishi mumkin. Pogbaning imkoniyatlari yuqori.

2. Lyuk Shou

kgreokgeokhokerkoheh

Hozir va shu erda atamasini eshitganmisiz? Hozir va Evropada Shou sayyoramizning eng kuchli chap qanot himoyachisi sanaladi. So‘zlarimizga EL va APL statistikasi isbot bo‘lishi mumkin. Uning 2020/21 yilgi mavsumdagi progressini «The Guardian», «Sky SPORTS», «BBC Sports» singari ulkan nashrlar ham alohida e’tirof etdi. Bahorda 25 yoshga to‘lgan futbolchi ikki oy qatorasiga «Yunayted»ning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgani bejiz emas. Aynan u qanotlar orqali to‘p surishni xush ko‘radigan «Vilyarreal»ni zararsizlantirishda eng muhim figuraga aylanishi mumkin.

3. Aaron Uan-Bissaka

kgwekorekgeokger

Joriy mavsumda barqaror o‘yin namoyish etayotgan yana bir «qizil iblis»ni ro‘yxatga kiritishga qaror qildik. «Kristal Pelas»dan «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tgach, Aaron bir zumda asosiy tarkib a’zosiga aylanib oldi. Uan-Bissaka hujumda Trend Aleksander-Arnold kabi faol bo‘lmasligi mumkin, ammo buni undan hech kim talab etmayapti.

Sulsher o‘yinni himoyadan qurgani uchun qahramonimiz «qizil iblislar»ning asosiy quroliga aylanmoqda. Himoyachidan talab qilinadigani pressingda faol bo‘lish va personal yaxshi harakat qilish. To‘p olib qo‘yilishi bilan tezda qarshi hujumga o‘tish. Shou singari u ham «Vilyarreal» bilan bahsda eng katta mehnatni qiladi.

4. Edinson Kavani

anrgtsugatsratsu

Urugvaylik hujumchi «tumanli albion»ga ko‘chib o‘tgach, o‘zini yaxshi his eta boshladi. 34 yoshni qarshi olganiga qaramay, gollarni qalashtirib yubormoqda. 22 o‘yinda 8+2 natija! «El-matador» nafaqat darvozani ishg‘ol etmoqda, balki jamoaviy o‘yinga yaxshi moslashdi, to‘psiz harakatda ham u faol. «Roma» bilan o‘yindagi dubl Kavani jamoaga 100 foiz qo‘shilib ketganini ko‘rsatdi. Uning tajribasidan Markus Reshford va Meyson Grinvud ham unumli foydalanmoqda.

Ochig‘i, 2015 yildan beri «qizil iblislar» safida Kavani darajasidagi sof hujumchi bo‘lmagan edi. So‘nggi bor, Robin Van Persi top darajadagi hujumchi sifatida jamoada to‘p surgan edi. Edinson muhim o‘yinlarda yo‘qolib qolmaydi. Tajriba va sovuqqonligi sababli finalda «Yunayted»ga qo‘l kelishi mumkin.

5. Din Xenderson

lwfepewlfpwlg

Klub tarbiyalanuvchisi qanday qilib bu erda paydo bo‘ldi, deb hayron qolishingiz mumkin? «Manchester Yunayted»ning APLdagi so‘nggi 10 uchrashuvining 5 tasi Xenderson xizmatlari evaziga darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi. Din bir necha yil avval sayyoramizning eng kuchli darvozaboni sanalgan David De Xeani asosiy tarkibdan siqib chiqardi. To‘g‘ri, qahramonimiz ispaniyalik raqobatchisi singari imkonsiz to‘plarni olib chiqmaydi, lekin qo‘pol xatolarga ham qo‘l urmaydi. Shu bois, Sulsher barqaror variantga murojaat etmoqda. Darvozabon uchun bu ilk final. Bunga qadar, Xenderson hech qachon katta musobaqalarning hal qiluvchi o‘yinlarida to‘p surmagan. Yaxshi darvozabon - yarim jamoa. Din bu so‘zlarni ijobiy tomondan isbotlasa, «Manchester Yunayted»ni finalda engish deyarli imkonsiz.

Gdansk shahridagi final o‘yini «Manchester Yunayted»da 2020/21 yilgi mavsumdagi super formasini natija bilan tarixga oltin harflar bilan yozib qo‘yish imkoni bor. To‘g‘ri, APLda ikkinchi o‘rin jamoa qo‘lidan chiqib ketmasligi turgan gap. Shunga qaramay, Evropa Ligasidagi oltin medal qilingan mehnatga berilgan eng yaxshi sovrin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!