Evropa grandlarining e’tiboriga tushgan futbolchiga "Real" katta pul sarflashni xohlamayapti

  • 23 mart, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi "Selta"ning hujumkor yarim himoyachi Gabri Veyga bo‘yicha vigoliklarning talablarini qondirishga tayyor emas.

Tecno

Aytish kerakki, 20 yoshli ispaniyalik futbolchini ko‘plab Evropa gigantlari o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq uning o‘zi, avval xabar qilinganidek, "Real"ga o‘tishga moyil. Jurnalist Anton Meananing so‘zlariga ko‘ra, yosh yarim himoyachi madridliklar uchun hamon qiziq, ammo ular uning uchun 40 million evro to‘lamoqchi emaslar. Boisi Veyganing shartnomasidagi tovon puli aynan 40 million evroni tashkil etadi.

Transfermarkt portali esa "Selta" futbolchisining narxini 10 million evroga baholamoqda.

Gabri Veyga joriy mavsum La Liganing 25ta o‘yinida 9ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!