
Evropa Chempionlar ligasini tark etgan klublar soni 9 taga etdi
Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ettinchi tur uchrashuvlaridan keyin musobaqani erta tark etadigan jamoalar safi yanada kengaydi.
Qit’aning eng nufuzli musobaqasini Ispaniyaning “Jirona”, Serbiyaning “Tsrvena Zvezda”, Avstriyaning “Red Bull Zaltsburg” hamda “Shturm” kabi jamoalari ettita uchrashuvda atigi uchtadan ochko to‘play oldi xolos va keyingi bosqichga chiqa olmasligi aniq bo‘ldi.
Shuningdek, to‘rt ochko jamg‘argan Chexiyaning “Sparta”, besh ochkoga ega bo‘lgan Italiyaning “Bolonya” klublari ham pley-off yo‘llanmasini qo‘ldan chiqargan.
Yangi formatda o‘tkazilayotgan turnirning dastlabki olti uchrashuvida birorta ochko to‘play olmagan Shveytsariyaning “Yang Boyz”, Slovakiyaning “Slovan” va Germaniyaning “Leyptsig” kabi jamoalari dekabr oyidayoq musobaqani tark etishi ma’lum bo‘lgandi.
Chempionlar ligasi qoidasiga ko‘ra, umumiy bosqichda ishtirok etayotgan jami 36 ta jamoa sakkiztadan uchrashuvda ishtirok etadi. Unga ko‘ra, eng kuchli sakkizta jamoa nimchorak finalga yo‘llanma oladi. 9-24 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar o‘zaro pley-off o‘yinlarini o‘tkazadi. Eng zaif 12 ta jamoa musobaqadagi ishtirokini sakkizinchi turdan keyin to‘xtatadi.
Fikrlar