
Evgeniy Popixin: O‘zbekiston - men uchun ham, xokkeychilarim uchun ham ikkinchi vatanga aylandi
"Birinchi navbatda barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. Siz OAV xodimlarini ham albatta. Sizlar professional tarzda ishlamoqdasizlar. Buni Toshkentga kelgan raqib jamoa murabbiylari ham ta’kidlashmoqda. Sizlar xokkeyni to‘g‘ri aks ettiryapsizlar. Buning uchun katta raxmat aytaman.
Butun Toshkentni, O‘zbekistonni yangi yil bilan tabriklayman. Bu er men uchun ham, yigitlarim uchun ham ikkinchi vatanga aylandi. Biz Moskva yoki boshqa qaergadir borganda: "Uyga, Toshkentga qaytyapmiz" deymiz. Bu ham ko‘p narsadan dalolat beradi.
Bugun shogirdlarim ajoyib o‘yin namoyish etishdi va g‘alaba qozonishdi. Biz muxlislar uchun, jurnalistlar uchun shunday sovg‘a tayyorlashni niyat qilgan edik. Biz joriy yil o‘z maydonimizdagi dastlabki va so‘nggi uchrashuvni ham g‘alaba bilan tugatishga erishdk. Oldina esa bizni 4 ta safar uchrashuvidan iborat qiyin seriya kutib turibdi. Ularga tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz. Bugun esa yigitlarni olqishlab qolaman.
Bugun odatiy tarzda beriladigan do‘ppi Roman Smiryaginga nasib etdi. Darvozabonning "quruq o‘yini" xet-trik qayd etishga teng.
Sherbina jamoa sardori va u doim etakchi bo‘lishi kerak. Ammo jarohatidan so‘ng qayta tiklanib olishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. U ishga professional yondashadi. Etakchini jamoada hurmat qilishadi hamda men bundan xokkeychi bor ekanligidan bexad shodman.
Mixail Anisin jamoamiz tarkibida bugun o‘zining eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi. U ko‘p vaqt xokkeydan tashqarida bo‘lib qoldi. Avvaliga hissiyotlarga, keyin ishtiyoqqa berildi. So‘ng biroz ishlari orqaga ketdi. Hozir Misha yaxshi formada. Bugun Anisin haqiqiy mohir xokkeychi ekanligini ko‘rsatdi", - dedi Popixin.
Fikrlar