
"Everton" Pikfordning narxini e’lon qildi
"Everton" klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni hisoblangan Jordan Pikfordni sotib yuborishga tayyor.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra “irischilar” Angliya terma jamoasi posbonini 55 million evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Agar Pikford jamoani tark etsa, mersisaydliklar uning o‘rniga "Byornli" darvozaboni Nik Poupni sotib olishadi.
Ma’lumot uchun, Pikford joriy mavsum “Everton” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 10tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.
Fikrlar