"Everton" muhim o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

  • 25 dekabr, 2020, 11:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges APL doirasidagi "Sheffild Yunayted"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi, deya yozmoqda "Sky Sports". 

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, Xames jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Kolumbiyalik futbolchi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi mumkin. 

Shuningdek, "xanjarlar"ga qarshi o‘yinda Achelotti hujumchi Risharlison xizmatidan ham foydalana olmaydi. U Angliya Liga Kubogidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!