
"Everton" bosh murabbiyi futbolchilar bilan hayrlashdi
Angliya matbuotiga ko‘ra, "Everton" bosh murabbiyi Marku Silva "Liverpul"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimini tark etadi.
Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik mutahassis shogirdlari bilan o‘yindan so‘ng kiyinish honasida hayrlashgan.
Silva esa matbuot-anjumanida iste’fosi haqida berilgan savolga u javob bermasligini aytib o‘tdi:
"Bu savolga men javob bermayman. Hatolarimiz sabab bosim ostida qolyapmiz", - deya aytib o‘tdi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Marku Silva "Everton"ni 2018 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda uning jamoasi APLni sakkizinchi o‘rinda yakunladi.
Fikrlar