Etdim deganimda, yiqildim yomon! Olmo safdan chiqdi

  • 19 yanvar, 19:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" futbolchisi Dani Olmo jarohat olib, safdan chiqdi. 

Ispaniyalik futbolchining o‘ng oyog‘ining mushaklarida zo‘riqish borligi aytilmoqda. Kataloniya klubi uning 21 yanvar kuni Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga qarshi navbatdagi bellashuvni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. 

Ta’kidlash kerak, bir necha kun oldin Olmoni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazish klub uchun muammo bo‘layotgandi. La Liga va Ispaniya futbol federatsiyasi uni ligada ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi, ammo Oliy sudning qarori tufayli klub o‘z maqsadiga etgandi. 

U joriy mavsum "Barsa" safida jami 18 ta bellashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta assist qayd etgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!