
Eshmurodov: "Nasaf" muxlislaridan uzr so‘rayman
O‘tgan mavsum yakunida Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga borib qo‘shilgan Umarbek Eshmurodov jamoamiz safiga qaytdi va bu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalambor yana qadrdon jamoamiz safiga kelib qo‘shilganimdan xursandman. «Paxtakor» jamoasiga o‘tishim borasida gapiradigan bo‘lsam, jamoa OChL da ishtirok etishi va u erdagi murabbiylarning chaqiruvi sabab bo‘lgan edi. U erda ham menga imkon berishardi ammo yanada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun sobiq jamoamga qaytishni istadim. Bu haqida «Paxtakor» rahbariyati va bosh murabbiyi Shota Arveladzega o‘z istagimni bildirdim. Ular meni to‘g‘ri tushunishdi va ketishimga imkon berishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman.
"Nasaf"ni tark etib, muxlislarni xafa qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Bu aybimni jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shib, muxlislarning ko‘nglini olishga harakat qilaman. Menga yana ishonch bildirgan va va jamoaga qaytib kelishimga yordam bergan «Nasaf» futbol klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", - deydi Umarbek Eshmurodov.
Manba: "Nasaf" FK matbuot-xizmati
Fikrlar
Vaqtida tushunib etding.
Atak Nasafdan tugri osiyodagi grand klublarga utib ketsihing mumkin lekin Pahtakor zaxirasida mixlanib uz uyini yuqotarding.
Omad ...