Ertaga Jahon chempionatida yana ikki nafar hamyurtimiz chiqish qiladi

CHERY AUTO

Ertaga Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining oltinchi kungi bellashuvlari tashkil etiladi.

Tecno

Kun davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki vakili — Omonjon Otajonov (-58 kg) va Sevinch Hayitova (-62 kg) dayangga ko‘tariladi.

Erkaklar, -58 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Omonjon Otajonov (O‘zbekiston) - Tristan Skutaru (Ruminiya);

Ayollar, -62 kg vaznda 1/32 final bosqichi:
Sevinch Hayitova (O‘zbekiston) - Pam Ngok Cham (Vetnam).

Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 6:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!