
Eron bosh murabbiyi: "O‘zbekiston ham KXDRni osonlikcha yutgani yo‘q"
Xabaringiz bor, Eron terma jamoasi ertaga Jahon chempionati aralashi doirasida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv oldidan forslar ustozi Amir G‘lenoi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bizni qiyin o‘yin kutib turganini bilamiz. Koreya termasi himoyada va hujumda yaxshi shakllangan jamoa. Hujumlarda juda yaxshi va tez harakat qiladi. Bu o‘yinga oldingi uchrashuvlarga qaraganda ko‘proq e’tibor va mas’uliyat bilan maydonga tushishimiz kerak. Oldingi ikki o‘yinda yaxshi natija qayd etganmiz va bu safar ham shu ishni takrorlashimiz kerak.
Birinchi daqiqadan 90-daqiqagacha yuqori kontsentratsiya bilan o‘ynashimiz kerak. Biz Shimoliy Koreyani tahlil qildik. Masalan, ularda yutqazilgan O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ham, durang bo‘lgan Amirliklarga qarshi o‘yinda ham g‘alaba qozonish imkoniyati bor edi, shuning uchun bu raqibga qarshi ehtiyotkor va to‘liq e’tiborni qaratishimiz kerak.
Hamma futbolchilar tayyor. Futbol federatsiyasi rahbari Muhandis Tajga rahmat aytishim kerakki, biz Laosga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan kelishga muvaffaq bo‘ldik. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bo‘lmaganida, safarimiz 30 soat davom etgan bo‘lardi.
Osiyoda futbol rivojlanib bormoqda. Osiyo kubogi yoki Jahon chempionati saralash musobaqalarida qayd etilgan natijalarni kuzatadigan bo‘lsak, hech bir jamoa osonlikcha g‘alaba qozona olganini ko‘rmaysiz. Shimoliy Koreya ham yaxshi rejaga ega kuchli jamoa. Buyog‘ini ertaga ko‘ramiz.
Fikrlar