
Eron bosh murabbiyi: "FIFA reytingida 19-o‘rinni egallab turganimiz ham katta natija"
Xabaringiz bor, ertaga "JCh-2026" saralashi doirasida QIrg‘iz Respulikasi - Eron bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvdan oldin forslar ustozi Amir G‘alenoyi matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Avvalambor, janob Hamid Estiliga hamdardlik bildiriaman (Hamid Estili 1998 yilgi mundialda AQShga gol urgan eronlik futbolchi. Hozirda Eron terma jamoasida ishlaydi).
Qirg‘izistonning mehmondo‘stligi va alohida tashakkur bildiraman. Shuningdek, Qirg‘iziston Federatsiyasiga Eron terma jamoasiga o‘yin maydonini ta’minlashdagi hamkorlik va hammasiga rahmat aytaman. Bu albatta, minnatdorchilik bildirishga arziydi.
Men boshqargan davrda Eron terma jamoasi 29 o‘yinda 71 ta gol urdi. Biz qisqa vaqt ichida hujumkor jamoa tuza oldik, bundan juda xursandman. Albatta, bu federatsiya, futbolchilar va mutasaddilarning mashaqqatli mehnati samarasi. Eron terma jamoasi FIFA reytingida 19-o‘rinni egallab turganidan ham juda xursandman. Saralash bosqichida ishtirok etayotgan 18 ta jamoa orasida 13 ochko jamg‘argan uchta jamoa bor, ulardan biri Eron, qolgan ikki jamoa esa Janubiy Koreya va Yaponiyadir.
Qirg‘izistonning o‘yinini tahlil qilib chiqdik. O‘tgan yili xuddi shu stadionda o‘ynagandik. O‘shanda muammolar ko‘p edi, lekin ular bir yilga etmay stadionni qayta qurib, futbol o‘ynashga qulay maydon qura oldi. Qirg‘iziston futbol akademiyalariga urg‘u berdi. Bu erda futbol haqiqatan ham rivojlanmoqda.
Avvalgi o‘yinda Qirg‘iziston terma jamoasi Amirliklardan 3 ta gol o‘tkazib yubordi. Ular qarshi tezkor hujumga asoslanib oldinga o‘tadi. Biz ham oldingi o‘yinda oson g‘alaba qozonganimiz yo‘q. Ertangi o‘yin juda muhim. 28 soatlik reysdan keyin jamoamiz biroz charchagan. Yana shuni aytishim mumkinki, Qirg‘iziston terma jamoasi mahalliy murabbiyga ega yaxshi jamoaga ega va biz uchun juda qiyin raqib bo‘ladi", - dedi G‘alenoyi.
Fikrlar