Erik ten Xag MYu futbolchilariga o‘z talablarini ma’lum qildi

  • 14 iyun, 2022, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“The Sun” nashrining xabar berishicha, yangi mavsumdan “Manchester Yunayted”ni boshqaradigan Erik ten Xag futbolchilarga o‘zining talablarini ma’lum qilgan.

Tecno

Murabbiy shogirdlariga kiyinish xonasida xudbinlikka toqat qilmasligini aytgan. Shuning uchun o‘yinchilarning hech biri o‘zini jamoadan yoki murabbiydan ustun qo‘ymasligi kerak. U futbolchilarga maydonda va undan tashqarida ma’lum qoidalarga rioya qilishlari hamda shaxsiy hayotini maxfiy saqlashlari kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, ten Xag jamoaga yangi oshpaz olib kelishi va mutaxassis bilan birga shogirdlarining ovqatlanishi jiddiy nazoratga olishini ma’lum qilgan.

Qolaversa, o‘yinchining ishlashi bo‘yicha tahlilchi ham jamoaga taklif etiladi. Uning vazifasi har bir o‘yinchining salohiyatini maksimal darajada ochib berishdan iborat bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!