
Erik ten Xag jamoaning nozik nuqtasini topdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa natijalarini yaxshilashga xalaqit berayotgan bo‘sh pozitsiyalarni aniqladi.
Shu sababli klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis ko‘rsatgan pozitsiyalarga yangi o‘yinchi olishi kerak bo‘ladi.
Biz tezroq har ikki qanotga yuqori saviyada o‘ynay oladigan himoyachilarni olishimiz kerak, chunki oldinda juda muhim o‘yinlar ko‘p, - dedi Erik ten Xag.
52 yoshli murabbiy qo‘l ostida manchesterliklar 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta g‘alaba, ikkita durang va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etdi.
Fikrlar