
Erik ten Xag haydalishiga sababchi bo‘lgan futbolchilarni aytdi
Niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni 2022 yilning aprelida qabul qilib olgan edi.
Biroq tajribali murabbiy yangi mavsumning boshidayoq iste’foga chiqarildi.
Daily Star nashrining yozishicha, Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ning ayrim o‘yinchilari hamkorlik davrida ishonchni oqlay olmadi, deb hisoblamoqda.
Manbaga ko‘ra, Erik ten Xagning bosh murabbiy sifatida hujumchilar – Markus Reshford va Antoni, shuningdek, yarim himoyachi Kazemirodan umidi katta bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, aynan Erik ten Xag davrida bu uchala futbolchining o‘yinida pasayish kuzatildi. Klub rahbariyati ularning barchasi bilan xayrlashishni maqsad qilgan paytlar ham bo‘ldi.
Fikrlar