
Erik Bayi Afrika millatlar kubogida terma jamoasiga yordam berolmaydi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Erik Bayi kecha “Chelsi”ga qarshi bahsda jarohat olgani haqida xabar bergan edik.
25 yoshli futbolchi bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra u kamida 3 oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib Bayi iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan Afrika millatlar kubogida Kot-d'Ivuar terma jamoasiga yordam berolmaydi.
Fikrlar