Erdo‘g‘an UEFAdan nega norozi?

  • 5 iyul, 2024, 18:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiralning UEFA tomonidan jazolanishi e’lon qilinganidan keyin bayonot berdi.

Tecno

Avvalroq, futbolchi Evropa chempionatining 1/8 finalida Avstriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (2:1) shov-shuvli ishorasi uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

- Tashqi ishlar vazirligimiz Germaniya rasmiylarini vazirlikka chaqirdi. Ayni paytda zarur choralar ko‘rilmoqda, — deya Erdo‘g‘anning X ijtimoiy tarmog‘ida so‘zlaridan iqtibos keltirdi turkiyalik jurnalist Yagiz Sabunchuog‘lu.

Eslatib o‘tamiz, voqea "Evro-2024" 1/8 finali doirasidagi Avstriya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (1:2) vaqtida yuz bergandi. Bu o‘yinda Demiral dubl qayd etdi. Futbolchi golni nishonlash chog‘ida turk millatchilarining ishorasini qo‘llagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!