Entso uzr so‘rab chiqdi

  • 17 iyul, 2024, 14:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes Frantsiya terma jamoasi manziliga aytilgan fikrlar uchun uzr so‘rab chiqdi. 

"G‘alabani nishonlash chog‘ida instagram sahifamdagi video uchun chin dildan uzr so‘rayman. Qo‘shiqda haqoratli gaplar mavjud va ularni oqlab bo‘lmaydi. 

Men har qanday kamsitishga qarshiman va Amerika kubogidagi g‘alabamizni nishonlash chog‘ida eyforiyaga berilganim uchun uzr so‘rayman. Bu post, bu epizod va so‘zlar mening fikrim yoki xarakterimni aks ettirmaydi. Men juda afsusdaman",
- dedi "aristokratlar" futbolchisi. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!