Entso Fernandes o‘zi tarbiya topgan jamoaga 34 million evro olib keldi

  • 1 fevral, 2023, 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning “River Pleyt” klubi Entso Fernandes “Benfika”dan “Chelsi”ga o‘tganidan so‘ng katta mablag‘ga ega bo‘ldi.

Tecno

“Aristokratlar” 22 yoshli argentinalik yarim himoyachi uchun lissabonliklarga 121 million evro to‘lashini ma’lum qildi. “River Pleyt” esa bu summaning 25 foizini oladi. Boisi 2022 yilning yozida Entsoning “Benfika”ga o‘tishi uchun shartlar orasida shundan band ham bor edi.

TyC Sports jurnalisti Sezar Luis Merloning yozishicha, “River Pleyt” Entsoni “Chelsi”ga transferidan 30 million evro oladi. Birdamlik to‘lovi mexanizmi tufayli Argentina klubi yana 4 million evro oladi.

Ma’lumot uchun, Entso “River Pleyt” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Benfika"ga 2022 yilning yozida 10+8 million evroga ko‘chib o‘tgan.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi "Benfika" safida barcha turnirlar doirasida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!