Entoni Joshua: "Jeyk Polni nokaut qilishga urinmayman"
Sobiq jahon chempioni Entoni Joshua amerikalik videobloger Jeyk Polga qarshi bo‘lajak jangi haqida gapirdi.
"Men bu erga Pol bilan jang qilish uchun keldim. To‘g‘risi, uni ezib tashlashimga ishonaman. Men Jeykni dastlabki 10 soniya yoki sakkiz raund ichida nokautga uchratishga harakat qilmayman. Shunchaki, unga asta sekinlik bilan jiddiy zarar etkazmoqchiman", - deya inglizning so‘zlarini keltirdi "The Sun".
Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua va Jeyk Pol to‘qnashuvi 20 dekabr kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar