Enrike Dembele bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi

  • 30 sentabr, 2024, 23:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Usmon Dembele bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Avvalroq Dembele Chempionlar ligasining 2-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Enrike va Usmon o‘rtasida mojaro bo‘lgan.

Tecno

"Agar kimdir jamoa oldidagi majburiyatini bajarmayotgan bo‘lsa va tayyor bo‘lmasa... Menimcha, bu haftadagi o‘yin juda muhim va men ushbu bahsda futbolchilarimning eng yaxshi holatda bo‘lishini istayman. Men uni diskvalifikatsiya qildim, chunki men jamoa uchun yaxshi bo‘lishini xohlayman. Men bundan serial yaratmoqchi emasman. O‘rtamizda hech qanday janjal bo‘lmagan - bu yolg‘on. Futbolchining jamoa oldidagi majburiyatlarini bajarishda muammo bor, lekin futbolchi va murabbiy o‘rtasida hech qanday muammo yo‘q”, - dedi ispaniyalik mutaxassis RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Dembele PSJga 2023 yilning avgustida “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan va 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolagan. Frantsiyalik futbolchining Transfermarkt portalidagi qiymati 60 million evroni tashkil etadi. U joriy mavsum PSJ tarkibida 7 ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!